22:13 / 29.08.2020
5431

BAA Isroilga nisbatan iqtisodiy boykotni to‘xtatdi

Isroilga nisbatan iqtisodiy boykot Abu-Dabi tomonidan 1972 yilda joriy etilgandi.

Foto: AP

Birlashgan Arab Amirliklari prezidenti Xalifa bin Zayd l Nahayon Isroilni iqtisodiy boykot qilish to‘g‘risidagi qonunni bekor qiluvchi farmonni imzoladi. Bu haqda WAM agentligi xabar bermoqda.

"Farmon BAAning Isroil bilan diplomatik va tijorat hamkorligini kengaytirish bo‘yicha sa'y-harakatlari doirasida qabul qilindi", deyiladi agentlik xabarida.

Endilikda BAA kompaniyalari va xususiy tadbirkorlariga Isroil firmalari va jismoniy shaxslari bilan savdo va moliyaviy shartnomalar tuzishga ruxsat beriladi. Isroil BAAga ushbu mamlakat hududida sotishga ruxsat berilgan har qanday mahsulotni olib kira oladi.

Isroilga nisbatan iqtisodiy boykot Abu-Dabi tomonidan 1972 yilda joriy etilgandi.

13 avgust kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va BAA ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha kelishuvga erishganini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top