13:30 / 29.08.2020
1493
«Ipak Yo‘li» banki «Sberbank Onlayn» ilovasi orqali onlayn o‘tkazmalarni yo‘lga qo‘ydi

«Ipak Yo‘li» banki Rossiyaning «Sberbank» ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda «Sberbank Onlayn» mobil ilovasi orqali pullarni onlayn tarzda yuborish xizmatini yo‘lga qo‘ydi.

Endilikda Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini osonlik bilan amalga oshirish mumkin. Buning uchun mijoz «Ipak Yo‘li» bankining Visa va Union Pay kartalari egalariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishda «Sberbank Onlayn» mobil ilovasidan foydalanishi kerak.

Mijoz pul o‘tkazmasini olishi uchun, «Ipak Yo‘li» AITBda emissiya qilingan faol VISA va/yoki UnionPay kartasiga ega bo‘lishi hamda bankning mobil ilovasi foydalanuvchisi bo‘lishi lozim. Operatsiyalarni o‘tkazish qoidalariga muvofiq, pul o‘tkazmasini amalga oshiruvchi, «Sberbank Onlayn» mobil ilovasi orqali «Ipak Yo‘li» bankini tanlab, foydalanuvchining «Ipak Yoʼli Mobile» ilovasiga ulangan telefon raqamini teradi.

O‘tkazma xalqaro kartaga AQSh dollarida amalga oshiriladi. Jo‘natma oluvchining hisobiga pul o‘tkazmasi amalga oshirilganidan so‘ng shu zahotiyoq tushadi.

Visa va Union Pay kartalariga «Ipak Yoʼli Mobile» ilovasi orqali buyurtma bering.

Reklama huquqi asosida

Top