18:40 / 29.08.2020
12426
Koronavirusdan keyin asoratlar qolmasligi uchun bemorni qanday parvarishlash bo‘yicha tavsiyalar berildi
Foto: Getty Images

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Abdusamatova koronavirusdan tuzalgach, asoratlar qolmasligi uchun bemorni parvarishlash bo‘yicha tavsiyalarni aytib o‘tdi.

Unga ko‘ra, davolanish jarayonidan keyin holsizlik bo‘lishi tabiiy holat. Chunki kasallik yengil kechsa ham o‘z asoratini tashlab ketadi. Ba'zilarda o‘pkani shikastlanishi fibroz kuzatiladi, ya'ni normal to‘qima o‘rnini biriktiruvchi to‘qima egallaydi. Shuning uchun uy sharoitida yoki ambulator sharoitda reabilitatsiya jarayonini olib borish kerak.

Reabilitatsiya jarayonini nafas mashqlaridan boshlash kerak. Kuniga 10-15 minutdan boshlab sekin asta ko‘paytirish kerak. Jismoniy zo‘riqish keltiruvchi ishlarga to‘liq tuzalmaguncha o‘tish tavsiya etilmaydi. Medikamentoz terapiyadan shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qilishingiz kerak.

Gimnastikadan tashqari vibratsion massaj ham ancha yordam beradi. Bu juda oson. Qo‘llarimiz bilan o‘pkaning pastki bo‘lagidan yuqoriga qarab sekin-asta urib chiqamiz. Bu — o‘pkadagi turib qolgan holatni yengillashtirib beradi.

Kasallikdan tuzalgan kishiga vitaminga boy oziq ovqatlar berish, badantarbiya bilan shug‘ullantirish, nafas mashqlariga e'tibor berish, mehnat hamda dam olish rejimini saqlash, ko‘proq ochiq havoda bo‘lishni ta'minlash zarur.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top