12:37 / 29.08.2020
11185
Taniqli jurnalist va ijodkor Qurbon Eshmat vafot etdi

Ijodkor, taniqli jurnalist Qurbon Eshmat (Eshmatov) 28 avgust kuni 62 yoshida vafot etdi. 

Qurbon Eshmatov 1958 yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. 1985 yilda ToshDU jurnalistika fakultetini bitirgan. 1999 yilda o‘tkir tanqidiy maqolalari uchun "Jasorat" medali bilan taqdirlangan edi. 

Ijodkor "Turkiston", "Xalq so‘zi", "O‘zbekiston ovozi" gazetalarida mehnat qilgan. Umrining so‘nggi yillarda "Fermer" jurnali bosh muharrir o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi. Qurbon Eshmatning “Qamishzor uzra nido” asari chop etilgan.

Kun.uz sayti jamoasi marhumning barcha yaqinlari va oila a'zolariga hamdardlik bildiradi.

Top