08:33 / 29.08.2020
3790
«Vatandoshlarimizning aynan bir hududda to‘planishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelish jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda» - TIV

2020 yilning 28 avgustidan boshlab «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning reyslari Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har hafta mobaynida tashkil etiladi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaning turli hududlaridan vatanga olib kelish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda, temir yo‘l va charter reyslari amalga oshirilmoqda, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Qayd etilishicha, TIV tomonidan O‘zbekiston Transport vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va Respublika maxsus komissiyasiga kiritilgan rejaga muvofiq, 2020 yilning 28 avgustidan boshlab «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning reyslari Yekaterinburg, Rostov-Don, Novosibirsk va Samara shaharlariga har hafta mobaynida tashkil etiladi.

«Hozirda vatandoshlarimizning aynan bir hudud, jumladan, temir yo‘l stansiyalarida to‘planishni davom ettirayotgani ularni bosqichma-bosqich olib kelish jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda

Shuni qayd etamizki, koronavirus pandemiyasi sharoitida fuqarolarning ommaviy to‘planishi virusni yuqtirish xavfini oshiradi. Ayniqsa, sog‘lig‘i xavf ostidagi toifalar (qariyalar, homilador ayollar, bemorlar, surunkali kasallikka chalinganlar) uchun bu holat yanada xatarlidir», - deyiladi xabarda.

Rossiya hududida bo‘lgan vatandoshlardan poyezd stansiyalarida to‘planmaslik, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolish va barcha karantin talablariga qat'iy rioya qilish so‘ralgan.

Top