23:42 / 29.08.2020
4953
Xitoyda mehmonxona qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
Foto: AP

Qutqaruv ishlarini boshqarish uchun shaharga Xitoy favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari yetib kelishgan.

Xitoyning Shansi provinsiyasida mehmonxona qulashi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi, 28 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy OAV xabar berdi.

Hodisa Linfen shahrida yuz bergan. Mehmonxona vayronalari ostida qolgan odamlar qidirilmoqda. 

Qutqaruv ishlarini boshqarish uchun shaharga Xitoy favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari yetib kelishgan.

Mehmonxona nima sababdan qulab tushganiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Top