15:00 / 30.08.2020
9170
Korzinka.uz o‘quv qurollari uchun sentabr oxirigacha yirik chegirmalar e'lon qildi

O‘zbekistondagi ota-onalarning katta qismi avgust oxiriga qadar farzandlari uchun o‘quv qurollari xarid qilishi borasida aniq qarorga kelmagani ko‘p bor quloqqa chalindi. Hatto televideniye orqali o‘quv darslarining qay tarzda o‘tkazilishi to‘g‘risidagi so‘rovnomalar bir necha o‘n minglab yurtdoshlarimizning e'tibor markazida bo‘lib turibdi.

Darslar maktab xonalarida yoki onlayn shaklda o‘tkazilishidan qat'i nazar, o‘quvchilarga, albatta, o‘quv qurollari zarur bo‘ladi.

O‘zbekistondagi yirik supermarket tarmoqlaridan biri – korzinka.uz har yilgidek «Maktab bozori» aksiyasi doirasida ota-onalarga yanada qulaylik yaratish maqsadida maktab uchun zarur bo‘lgan kanselyariya mollari, o‘quv qurollariga foydali narxlardagi sezilarli chegirmalarni e'lon qildi.

E'tiborga loyiq jihati shuki, korzinka.uz supermarketlaridagi aksiya doirasidagi o‘quv qurollari yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi «Maped», «Luxor», «Memoris Precious», «Schneider», «Sibirskiy kedr», «Luch» brendlari tomonidan taqdim etilgan. Kanselyariya mollarining sifati va chidamliligi ularning uzoq muddat xizmat qilishini ta'minlaydi.

Quyidagi ro‘yxatda qanday o‘quv qurollariga chegirmalar amal qilishi bilan tanishishingiz mumkin:

Korzinka.uz butun oilangiz uchun zarur ko‘plab mahsulotlarga muntazam chegirmalar e'lon qilib keladi. Tarmoq supermarketlaridagi eng so‘nggi va faol chegirmalarni kuzatib borish uchun maxsus ilovani smartfoningizga o‘rnatib oling. Shuningdek, xaridorlar uchun tatbiq etilayotgan barcha qulayliklardan xabardor bo‘lish uchun korzinka.uz'ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling.

Ilovani yuklab oling: korzinka.uz/mobile

korzinka.uz Telegram'da: t.me/korzinka_uzbek

korzinka.uz Instagram'da: instagram.com/korzinkauz

korzinka.uz Facebook'da: fb.com/korzinkauz

Sayt: korzinka.uz

Bog‘lanish uchun telefon raqami: 78 1401414

Reklama huquqi asosida

Top