00:04 / 31.08.2020
15080

Hindiston kunlik kasallanish holatlari soni bo‘yicha antirekord o‘rnatdi

Foto: Deutsche Welle

Hindiston bir kunda qayd qilingan koronavirusga chalinish holatlari bo‘yicha antirekord o‘rnatdi. Mamlakatda so‘nggi sutkada 78761 kishi koronavirusga chalingan.  

Bu pandemiya boshidan beri dunyo bo‘yicha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, deb xabar berdi Deutsche Welle nashri.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ushbu raqamlar aslidagidan ancha kamroq bo‘lishi mumkin, chunki Hindistonda koronavirusga tahlillar kam miqdorda o‘tkaziladi.

Ayni vaqtda Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha AQSh va Braziliyadan keyin dunyoda 3-o‘rinni egallamoqda. Mamlakatda virusga chalinganlar soni 3,617 mlndan, infeksiyadan vafot etganlar soni esa 64 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top