16:09 / 31.08.2020
8506

Huawei smartfonlar bozorini butunlay tark etishi mumkinligi taxmin qilindi

Tahlilchi Min-Chi Ko Amerika sanksiyalarining Huawei uchun qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi borasida tahliliy hisobot e'lon qildi.

Foto: AR/TASS

Huawei korporatsiyasi smartfonlar bozoridan ketishi mumkin. Bu haqda tahlilchi Min-Chi Koga tayanib ITHome nashri xabar berdi.

 Ko Amerika sanksiyalarining Huawei uchun qanday oqibatlar keltirib chiqarishi mumkinligi borasida tahliliy hisobot e'lon qildi. U turli omillar asosida kompaniya rivojlanishining optimistik va pessimistik prognozlarini tuzdi. Eng yaxshi holatda kompaniyaning smartfonlar bozoridagi ulushi qisqaradi va bo‘shagan joyni Apple, Oppo, Vivo va Xiaomi egallaydi.

 Pessimistik prognozga ko‘ra esa, Huawei smartfonlar bozorini butunlay tark etadi. Ko korporatsiya bu yo‘nalishda tanazzulga uchrashini bashorat qilmoqda.

Avgust oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Huawei korporatsiyasiga qarshi sanksiyalar kuchaytirilganini e'lon qildi. Sanksiyalar ro‘yxatiga korporatsiyaning yana 38ta filiali qo‘shildi.

Top