23:28 / 31.08.2020
33976
SSV: O‘zbekistonda koronavirusdan davolanayotgan bemorlar soni 2300dan kamaydi

31 avgust kuni O‘zbekistonda 365 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 41 893 taga yetdi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabar qilinishicha, kun davomida 456 bemor sog‘ayib, 5 kishi vafot etdi. Tuzalganlar 39 275 nafar, qurbonlar 320 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi holatlar (+365)

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, yangi aniqlangan holatlarning barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

  • Toshkent shahri – 248
  • Toshkent viloyati – 91
  • Qashqadaryo viloyati – 14
  • Andijon viloyati – 8
  • Navoiy viloyati – 2
  • Namangan viloyati – 2

Tuzalganlar (+456)

41 893 bemordan 39 275 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahri – 326
  • Toshkent viloyati – 109
  • Samarqand viloyati – 11
  • Qashqadaryo viloyati – 5
  • Namangan viloyati – 5

O‘lim holatlari (+5)

Rasmiy statistikaga ko‘ra, vafot etganlar soni Toshkent shahrida 224 nafarga, Qashqadaryo viloyatida 12 nafarga yetdi.

  • Mirobod tumanida yashagan 60 yoshli X.A. (ayol)
  • Uchtepa tumanida yashagan 53 yoshli S.D. (erkak)
  • Olmazor tumanida yashagan 57 yoshli F.M. (erkak)
  • Uchtepa tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak)
  • Qarshi shahrida yashagan 51 yoshli T.A. (erkak)

Davolanayotgan 2298 nafar bemordan 275 nafari og‘ir, 147 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top