15:00 / 31.08.2020
11529
Reklama

Ukrainaning nufuzli universitetlaridan birining talabasi bo‘lishni xohlaysizmi?

O‘zbekistonlik abituriyentlar diqqatiga! Mana imtihonlar kuni ham yaqinlashib qoldi. O‘zingiz orzu qilgan kasb egasi bo‘lish istagida harakat qilmoqdasiz. Bugungi kunda bu yo‘lda juda ham ko‘p imkoniyatlar borligini ta'kidlab o‘tish joiz.

Xususan, «Inside-A» ta'lim markazi sizga bu borada o‘z xizmatlarini taklif etadi va Ukrainadagi quyidagi OTMlarga og‘zaki suhbat asosida o‘qishga kirish imkoningiz borligini yodga soladi:

1. Xarkov milliy aviatsiya universiteti;

2. V.N. Karazin nomidagi Xarkov milliy universiteti;

3. Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy yuridik universiteti;

4. Xarkov milliy politexnika universiteti;

5. Xarkov milliy tibbiyot universiteti;

6. Xarkov milliy aerokosmik unversiteti;

7. Xarkov milliy shaharxo‘jaligi universiteti.

Ushbu universitetlarning bir nechtasi ta'lim sifati bo‘yicha QS xalqaro reytingida TOP-1000 talikka kiradi va dunyoning eng yaxshi oliy ta'lim muassasalaridan biri hisoblanishadi. Ulardan birida tahsil olib, xalqaro diplomni qo‘lga kiritishingiz va mutaxassisligingiz bo‘yicha dunyoning istalgan burchagida faoliyatingizni olib borishingiz mumkin, shuningdek ushbu universitetlar diplomi O‘zbekistonda ham nostrifikatsiya orqali amal qiladi, ya'ni TOP-1000 talikka kirgan universitetlar diplomlari imtihonsiz nostrifikatsiyadan o‘tkaziladi.

Xarkov milliy politexnika universiteti rahbariyati O‘zbekistonga kelib, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat politexnika universiteti bilan yaqindan tanishib, yaqin vaqtda, o‘zaro hamkorlikni va ta'limning yangi turlarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi (ta'lim dasturlari va talabalar almashinuvi ko‘zda tutilgan). Shu bilan birga, Yaroslav Mudriy nomidagi Xarkov milliy yuridik universiteti ham Toshkent davlat yuridik universiteti bilan memorandum imzoladi.

Xo‘sh, nima uchun aynan Ukraina?

Bu yil O‘zbekistondagi oliy ta'lim muassasalari talabasi bo‘lish uchun 1,5 million abituriyent hujjat topshirgan. Ularning 103 ming 575 nafari, ya'ni bor-yo‘g‘i 10%i talabalikka qabul qilinadi. Xo‘sh, qolganlar oliy ma'lumotsiz bo‘lib o‘tishi kerakmi yo keyingi yilni kutib, kun sanashi kerakmi? Siz ikkisini ham o‘zingizga va yaqinlaringizga ravo ko‘rmasligingizga ishonamiz. Imkoniyatlar, orzular esa chegara bilmaydi. Ularni dunyoning istalgan nuqtasidan qidirish mumkin.

O‘zbekistonda bugun neft va gaz, energetika, texnika, mashinasozlik, muhandislik kabi sohalarda yuqori lavozimlarda faoliyat yuritayotgan kishilar aynan Xarkov Milliy politexnika universitetini tamomlaganlar.

2019 yilda O‘zbekistondagi OTMlarga imtihon topshirib yiqilgan, so‘ng biz tavsiya etayotgan universitetlarga og‘zaki suhbat asosida o‘qishga kirishni ixtiyor etgan yigit-qizlar bugun talabalikning oltin davrini boshdan kechirmoqda. Quyidagi videoda ularning orzulariga qanday yetganlari bilan tanishishingiz mumkin.

«Inside-A» ta'lim markazi oldidagi asosiy vazifalar:

  • Ukrainada oliy ta'lim olish istagida bo‘lgan yoshlarga hujjatlarni topshirishda ko‘maklashish;
  • Ta'lim uchun pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
  • Samolyot chiptalari xaridida ko‘maklashish;
  • Talabani OTMni bitirgunga qadar nazorat qilish;
  • O‘quv jarayonida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan ehtimolli muammolarni bartaraf etish.

Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim eng kamida 4 yil, ko‘pi bilan 6 yilgacha. O‘qishni bitirganlarga mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro diplom beriladi. Ta'lim tizimi ikki semestrga bo‘lingan. O‘zbekistonlik talabalar xohish va istaklariga ko‘ra, o‘qishlarini O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga ko‘chirishlari ham mumkin.

Abituriyentlar Ukrainaga borganidan so‘ng, birinchi haftaning o‘zidayoq doimiy yotoqxona bilan ta'minlanadi. Ota-onalar uchun O‘zbekistondan turib, farzandlari darslarga qatnayotganini kuzatish, davomatni elektron nazorat qilib borish, o‘zlashtirishi, fanlardan olayotgan baholaridan boxabar bo‘lish imkoniyati yaratilgan.

Rus tilini bilmaganlar uchun qo‘shimcha bepul kurslar mavjud.

OTMlarga hujjat topshirish joriy yilning 15-noyabriga qadar davom etadi. O‘qishga yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi kerak:

  • Fuqarolik pasporti nusxasi;
  • Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
  • Maktab attestati yoki kasb-hunar kolleji diplomi va ilovasi.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Janggoh ko‘chasi, 2AB/238-uy.

Mo‘ljal: «G‘ofur G‘ulom» metro bekati, «SEBZOR-MED» klinikasi.

Telefonlar: +99897 7223010, +99897 4223010, +99897 4333010

Batafsil ma'lumot uchun:

Telegram: t.me/insidea

Facebook: fb.com/inside_a_study

Instagram: @inside_a_study

Sayt: insidea.info

Reklama huquqi asosida

Top