17:34 / 01.09.2020
42645
Bog‘chalar va maktablarning an'anaviy va masofaviy shakldagi faoliyatiga ruxsat berilmoqda 

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi. 

Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovning xabar berishicha, ota-onalarning fikrlari va mahalliy deputatlar kengashlari takliflariga muvofiq sentabr oyidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarining an'anaviy va masofaviy shakldagi faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda ushbu obektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

  • xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ni mashg‘ulotlar chetlatish; 
  • xodimlar tibbiy niqobdan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
  • sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash.

2020 yil 5 sentyabrdan boshlab yo‘nalishli taksida (“Damas” rusumli yengil avtomobillari bundan mustasno) yo‘lovchi tashish faoliyatiga ruxsat beriladi. Bunda ushbu obektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

  • yo‘nalishli taksi faoliyati davomida karantin qoidalariga rioya etgan holda har qatnovga chiqishdan oldin haydovchilarning tana harorati pirometrlarda o‘lchanib, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda ularning transport vositasini boshqarishiga yo‘l qo‘ymaslik, ularning tibbiy niqob va qo‘lqopda bo‘lishini ta'minlash;
  • yo‘nalishli taksida yo‘lovchilarning tibbiy niqobda bo‘lishini, tibbiy niqob bo‘lmagan holatda ularning transport vositasiga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • transport vositasi doimiy ravishda har qatnovga chiqishdan oldin (shu jumladan, har bir o‘rindiqni) to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkazilishini ta'minlash.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top