17:26 / 01.09.2020
19123

Juma namozlarini masjidlarda o‘qishga ruxsat berildi

O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi navbatdagi qarorni qabul qildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov xabar berdi. 

Qarorga ko‘ra, 2020 yil 5 sentyabrdan boshlab diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga ruxsat beriladi. Bunda ushbu obektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:

  • jamoaviy ibodatni o‘tkazish uchun tashrif buyuruvchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani ta'minlash; 
  • diniy tashkilotlar xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi; 
  • sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;
  • har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;
  • bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.
  • tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik;
  • diniy tashkilotlarga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat'iy yo‘l qo‘ymaslik.
Mavzuga oid
Top