23:07 / 01.09.2020
30281
Kattaqo‘rg‘on tuman prokurori vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tuman prokurori Oybek Xo‘jayev vafot etdi. Bu haqda Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati

«Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi tuman prokurori Xo‘jayev Oybek Otanazarovichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a'zolari va qarindoshlariga chuqur ta'ziya izhor etadi», deyilgan hokimlik xabarida.

Ma'lum bo‘lishicha, prokurorning janozasi ertaga, 2 sentabr kuni u tug‘ilib o‘sgan Xorazm viloyati Yangiariq tumanida bo‘lib o‘tadi.

Oybek Xo‘jayev 1976 yil Xorazmda tug‘ilgan va 2018 yil noyabr oyidan buyon Kattaqo‘rg‘on tumani prokurori vazifasida ishlab kelayotgandi.

Top