07:53 / 01.09.2020
4342
Namanganda ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turuvchi shaxs 5-sinf o‘quvchisiga tan jarohati yetkazdi

Ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 30 avgust kuni soat 13:30larda Namangan tumani Qirg‘izqo‘rg‘on mahallasida yashovchi fuqaro hech bir sababsiz tumanning Bo‘ston mahallasida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi 5-sinf o‘quvchisini urib, unga tan jarohati yetkazgan

Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, surishtiruv ishlari davomida bolani kaltaklagan 24 yoshli yigit 2006 yildan buyon To‘raqo‘rg‘on tumaniga qarashli ruhiy kasalliklar shifoxonasida ro‘yxatda turishi ma'lum bo‘ldi.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha Namangan tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘z.R JKning 105-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hurmatli ota-onalar voyaga yetmagan farzandingizga e'tiborli bo‘ling. Ularni uyingizdan uzoq hududlarda yolg‘iz harakatlanishiga yo‘l qo‘ymang!” - deyiladi ma'lumotda.

Top