23:49 / 01.09.2020
33119
SSV: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar umumiy soni 42 mingdan oshdi

Kuzning ilk kunida O‘zbekistonda 343 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 42 236 taga yetdi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Xabar qilinishicha, kun davomida 389 bemor sog‘ayib, 4 kishi vafot etdi. Tuzalganlar 39 664 nafar, qurbonlar 324 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi holatlar (+343)

Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, yangi aniqlangan holatlarning barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

  • Toshkent shahri – 213
  • Toshkent viloyati – 91
  • Qashqadaryo viloyati – 13
  • Samarqand viloyati – 12
  • Xorazm viloyati – 4
  • Farg‘ona viloyati – 3
  • Qoraqalpog‘iston – 2

Tuzalganlar (+389)

42 236 bemordan 39 664 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahri – 234
  • Toshkent viloyati – 97
  • Samarqand viloyati – 21
  • Andijon viloyati – 15
  • Qashqadaryo viloyati – 14
  • Xorazm viloyati – 6
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2

O‘lim holatlari (+4)

Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami qurbonlar 324, Toshkent shahrida esa 228 nafarga yetdi.

  • Olmazor tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak)
  • Uchtepa tumanida yashagan 45 yoshli B.Sh. (erkak)
  • Uchtepa tumanida yashagan 61 yoshli L.R. (ayol)
  • Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli G‘.T. (erkak)

Davolanayotgan 2248 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Top