12:30 / 02.09.2020
11036

2019 yilda «Qorako‘l Ziyo»da tahsil olgan abituriyentlarning 90 foizdan ortig‘i talaba bo‘ldi

Istaymizmi-yo‘qmi, bundan buyog‘iga zamonaviy, axborotlashgan, raqamli dunyoda bilimli, intellektual, dunyoqarashi keng, ayniqsa, aniq fanlarni puxta o‘zlashtirgan kadrlarga ehtiyoj ortib boraveradi. Bunday kadrlar har qanday mamlakat taraqqiyotining lokomotivi, yetakchi kuchiga aylanadi.

Siz ham ular safida bo‘lishni, yetuk kadr sifatida nafaqat hayotda, balki jamiyatda ham mustahkam o‘rin egallashni istaysizmi?

U holda biz sizga iqtidoringizni kashf qilishda ko‘maklashamiz!

“Qorako‘l-Ziyo” o‘quv markazining faoliyat turlari serqirra. Bu yerda nafaqat oliy o‘quv yurti talabasi bo‘lish istagidagi abituriyentlar, balki nufuzli Prezident maktablari, Al-Xorazmiy kabi ixtisoslashtirilgan maktablarda o‘qishni istagan o‘quvchilar ham o‘z bilimlarini oshirishlari mumkin!

Farzandining kelajagiga befarq bo‘lmagan ota-onalar va o‘z kelajagini bugundan qurishni istagan yoshlar “Qorako‘l-Ziyo” o‘quv markazida o‘zlari kutgan natijaga erishishlari mumkin. Bu yerda darslar Buyuk Britaniya, Rossiya, Singapur, Finlandiya kabi ilg‘or mamlakatlarning ta'lim dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan aniq fanlar bo‘yicha maxsus dasturlar asosida o‘qitiladi.

Ha-ya, Qorako‘l degan nomdanoq anglagandirsiz, o‘quv markazi aniq fanlar bo‘yicha respublika va jahonni hayratga solgan natijalarga erishgan Qorako‘l matematika maktabi tajribasi asosida ish olib boradi.

Xo‘sh, bu natijalarga qanday erishiladi deysizmi?

“Qorako‘l-Ziyo” o‘quv markazida respublika va xalqaro fan olimpiadalarining g‘oliblari bo‘lgan malakali trener-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Ular umumta'lim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilarini matematika, fizika va kimyo fanlaridan shahar, respublika hamda jahon miqyosidagi fan olimpiadalariga tayyorlashadi.

Hozirga qadar markaz o‘quvchilari nufuzli jahon fan olimpiadalarida 1ta oltin, 8ta kumush va 10ta bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.

Muvaffaqiyatning yana bir kaliti o‘quv markazida o‘quvchilar va abituriyentlarning bilimlarini nazorat qilish bo‘yicha muntazam monitoring va tizimli tahlil yo‘lga qo‘yilganligidadir.

“Qorako‘l-Ziyo” – endi farzandingiz kelajagi haqida faqat siz emas, biz ham qayg‘uramiz!

O‘quv markaziga qabul 3 sentyabrdan 1 oktyabrga qadar davom etadi!

Shoshiling! O‘rinlar soni cheklangan!

Chorsu filiali:      99) 995-44-00

Olmazor filiali:   99) 996-44-00

Sergeli filiali:   99)997-44-00

Chilonzor filiali:  99) 998-44-00

Telegram: @qorakolziyo

Reklama huquqi asosida

Top