21:58 / 02.09.2020
9381
Andijonda imtihonlarning birinchi kuni qanday o‘tdi?

2 sentabr kuni Andijon shahridagi «Barkamol avlod» sport majmuasi va uning atrofidagi o‘yingohlarda oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari boshlandi.

Ertalabki soat 6:00dan boshlab talaba bo‘lish maqsadidagi yoshlar test sinovlari topshiriladigan majmuaning kirish joylariga oqib kela boshladi.

Abituriyentlar imtihonga ichki ishlar, milliy gvardiya xodimlari tomonidan taqiqlangan buyumlar mavjud emasligi bo‘yicha tekshirilib, zararsizlantirish yo‘lagidan o‘tgach kiritildi.

Test sinovlari oldidan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yoshlarga omad tiladi.

Davlat test markazining Andijondagi vakili Nizomiddin Toshtemirovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi smenada imtihon topshirishi kutilgan 4050 nafar abituriyentdan 229 nafari turli sabablarga ko‘ra imtihonga kelmadi.

Nizomiddin Toshtemirov

«Abituriyentlar uchun barcha sharoitlarni yaratilgan. Ularni quyosh nuri tik tushmaydigan joylarga o‘tqazib, tibbiy niqob, qo‘lqop va ichimlik suvi bilan ta'minladik. Jarayon davomida bir nafar abituriyentning uyali telefondan foydalanayotgani aniqlanib, imtihondan chetlatildi», – deydi DTM vakili.

Eslatib o‘tamiz, Andijon shahrida testlar 12 kun davom etishi belgilangan.

 Elmurod Ermatov, Kun.uz muxbiri

Tasvirchi – Ahrorbek Yoqubjonov

Mavzu
Abituriyent-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top