08:00 / 02.09.2020
9535

Bosh prokuratura BEVERLee Businees faoliyatini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “BEVERLee Businees” faoliyatini o‘rganmoqda. Bu haqida O‘zA Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayangan holda xabar berdi

Avvalroq, O‘zAda e'lon qilingan maqolada koronavirusning oldini oluvchi vosita sifatida taklif etilayotgan biologik faol qo‘shimchalar va moliyaviy piramida bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar haqida mulohaza yuritilgandi. 

BEVERLee Businees kompaniyasining shubhali faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida bir necha bora tanqidiy maqolalar e'lon qilinsa-da, tegishli organlar bu vaziyatga ko‘z yumib kelayotgani tanqid ostiga olingan edi. 

Bugun berilgan xabarga ko‘ra, ushbu maqola ortidan prokuratura organlari tomonidan tegishli surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan. 

Top