O‘zbekistonda bugun, 2 sentyabrdan boshlab oliy ta'lim muassasalariga qabul imtihonlari boshlandi.
Imtihonlar 2 smenada o‘tkaziladi. 1-smena 08:00dan 11:00gacha, 2-smena esa 17:00dan 20:00gacha davom etadi.
Ertalabki smenada soat 6:30dan boshlab, ikkinchi smenada esa soat 15:30dan boshlab sektorlarga kiritish ishlari boshlanadi.
Abituriyentlar imtihon vaqtidan kamida yarim soat oldin o‘z o‘rnini egallagan bo‘lishi kerak. Kechikkanlar imtihonga kiritilmaydi.
Kirish imtihonlariga 2ta hujjat: pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan borish talab etiladi. Pasport bo‘lmagan holatda ruxsatnoma haqiqiy hisoblanmaydi. Test sinovlariga haydovchilik guvohnomasi yoki pasport nusxasi bilan kirish mumkin emas.
Fotolar muallifi Muhammadjon G‘aniyev