00:19 / 03.09.2020
14491

Dunyodagi eng talabgir smartfon ma'lum qilindi

Apple’ning iPhone 11 smartfoni 2020 yil birinchi yarmiga ko‘ra, dunyodagi eng talabgir smartfon bo‘ldi. Ushbu qurilmadan 37,7 mln dona sotilgan. Bu haqda PhoneArena nashri xabar berdi. 

Foto: Globallookpress

2019 yil kuzida taqdim etilgan smartfon ancha farq bilan yetakchilik qilmoqda.

Talabgirlik bo‘yicha 2-o‘rinni Samsung Galaxy A51 egallagan. Ushbu qurilmadan joriy yilning birinchi yarmida 11,4 mln dona sotilgan. Yetakchi uchlikdan Xiaomi Redmi Note 8 smartfoni ham joy olgan. Ushbu gadjetdan 11 mln dona sotilgan. 

2019 yilning birinchi yarmiga ko‘ra ham eng talabgir smartfon Apple qurilmasi bo‘lgan edi. O‘shanda “o‘ninchi ayfon” - iPhone XR’dan 26,9 mln dona sotilgan. Keyingi o‘rinlarni Samsung Galaxy A10 va A50 egallagan.

Mavzuga oid
Top