19:39 / 03.09.2020
13209

Fotoreportaj: Urganchda ham test sinovlari boshlandi

Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida oliy ta'lim muassasalariga kirish uchun test sinovlari boshlandi.

Test sinovlari 3ta sektorda: «Xorazm» sport majmuasi asosiy va qo‘shimcha maydoni, shuningdek, «Yoshlik» sport majmuasi maydonida o‘tkazilmoqda.

Sinovlar 2 smenada tashkil qilingan: 1-smenada soat 8:00dan 11:00gacha, 2-smena soat 17:00dan 20:00gacha.

Abituriyentlarni test o‘tkaziladigan hududga kiritishda ijtimoiy masofani saqlashga e'tibor qaratilmoqda.

Qizlar alohida ajratilgan maxsus joylarda tekshirilib, keyin ichkariga kiritilmoqda.

Abituriyentlarning buyumlari, sumkalari va boshqa narsalari maxsus joyda saqlab turish uchun olib qolinyapti.

Test o‘tkaziladigan hududga kirish joylarida videokameralar o‘rnatilgan. U abituriyentning yuzi orqali identifikatsiya qiluvchi Face-ID tizimiga ulangan. Bu tizim orqali begona shaxslarning test imtihoniga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Abituriyentlarga yangi niqob, tibbiy qo‘lqop va shapka berilmoqda.

Hududda ko‘plab videokameralar o‘rnatilgan. Ular orqali test jarayoni maxsus xodimlar tomonidan kuzatib borilmoqda.

Test sinovlari yakunlangach, nazoratchilar kitoblar, titul va javob varaqalarini maxsus quti va konvertlarga joylashadi. Qutilar xaltaga solinadi, muhrlanadi va Toshkent shahriga – Davlat test markaziga yetkaziladi.

Nurmuhammad Said

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top