10:57 / 03.09.2020
5149
So‘xda test imtihonlari qanday o‘tmoqda? - Fotojamlanma

Ayni vaqtlarda Kun.uz muxbiri Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida bo‘lib, bu yerda o‘tayotgan test imtihonlarini kuzatmoqda. So‘xlik abituriyentlar bu yilgi test sinovlarini tumanning “So‘g‘diyona” markaziy o‘yingohida topshirmoqdalar.

Abituriyentlar tegishli tartibda tekshiruvdan o‘tib bo‘lgach, ularga tibbiy qo‘lqop va niqoblar, ichimlik suvi hamda ruchkalar bepul tarqatilmoqda.

Test imtihonlarini topshirilishida adolat va shaffoflikni ta'minlash maqsadida imtihon bo‘layotgan hududga 24 ta kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.

Test jarayonlarini kuzatish uchun ota-onalarga tuman Madaniyat bo‘limida katta monitor o‘rnatilgan bo‘lib, ular shu yerdan turib jarayonlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishlari mumkin.

 

Bugungi test imtihonlari ham ikki smenada – soat 08:00 hamda 16:00 da bo‘lib o‘tadi.

Test imtihonlarini kuzatishga mas'ullarning bergan ma'lumotlariga ko‘ra, ayni onlarda birinchi smena test jarayonlarida 716 nafar abituriyent test topshirmoqda. Bugun jami bo‘lib, so‘xlik 1500 ga yaqin abituriyentlar test imtihonlariga kirishi mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz prezident tashabbusi va hukumat qarori bilan bu yil Oliy o‘quv yurtlariga kirishda so‘xlik abituriyentlarga 500 ta imtiyozli o‘rin ajratilgan.

Fayzullo Sultonov, Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Abituriyent-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top