15:01 / 04.09.2020
5411

Apple kompaniyasi qiymati bir kunda 180 mlrd dollarga arzonlashdi

2018 yil iyunda Facebook kompaniyasining bozor bahosi bir kunda 119 mlrd dollarga arzonlashgandi.

Foto: Reuters

Payshanba kungi savdolarda Apple kapitalizatsiyasi 8 foizga kamaydi, bu qariyb 180 mlrd dollar demakdir. Bu AQSh bozori tarixida kompaniya qiymatining bir kunda rekord darajada tushib ketishi hisoblanadi, deb yozmoqda Barrons's nashri.

 Ammo shunga qaramasdan, Apple kapitalizatsiyasi hali ham 2 trln dollardan ortiqroqni tashkil etmoqda.

 Facebook aksiyalari narxi 3,8 foizga arzonlashdi. Alphabet kotirovkalari 5,1, Amazon.com - 4,6, Netflix - 4,9, Microsoft - 6,2 foizga pasaydi.

 Avvalgi antirekord Facebook tomonidan qayd etilgan: 2018 yil iyunda kompaniyaning bozor bahosi bir kunda 119 mlrd dollarga arzonlashgandi.

Mavzuga oid
Top