07:30 / 04.09.2020
24937
Chegara zonasi rejimi o‘rnatilgan hududlar ro‘yxati e'lon qilindi
Foto: Farrux Aliyev/xabar.uz

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi rejimi ro‘yxatini tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullarning vaqtinchalik ro‘yxati;

Surxondaryo viloyatining hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq kengashlari, temir yo‘l bekatlari, tayyoragohlar va ma'muriy hududiy bo‘linmalari ro‘yxati;

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovullarining qo‘shimcha ro‘yxati tasdiqlanadi.

Tezkor xizmat faoliyatini tashkillashtirishda O‘zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyatining chegaradosh tumanlari hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq kengashlari, temir yo‘l bekatlari, tayyoragohlar va boshqa ma'muriy hududiy bo‘linmalarining ro‘yxatiga amal qilinadi.

Chegara zonasida joylashgan aholi yashash maskanlarida chegara va pasport rejimiga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat tashkil etiladi.

Chegara zonasiga kirish (o‘tish), bu yerda bo‘lish (yashash), harakatlanish va ishlarni amalga oshirish tartibi haqida ommaviy axborot vositalarida aholi manzilgohlari va mehnat jamoalarida tushuntirish ishlari o‘tkazilishi tashkil etilib, bunda Ichki ishlar idoralarining tajribali xodimlari va chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari jalb etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tumanlar, shaharlar, posyolkalar, qishloqlar, ovullarning vaqtinchalik ro‘yxati

1. Toshkent viloyati:

Bo‘stonliq tumani – Qorabuloq, Polvonak, Mullolo, Kurduptur, Maydontol, Ispay, Qoshbuloq, Tepar, Takayong‘oq, Jaujurek, Urungach, Chakak, Pskem aholi punktlari.

2. Farg‘ona viloyati:

So‘x tumani – So‘x Ushyor, Sarikayda, Dimersat, Yangiariq, Ravon, Shayxatalan, Malmut, Divayram, Limbur, Tul, Kalacha, Gaznou, Kizilkiyak, Chashma aholi punktlari;

Farg‘ona tumani – Shohimardon, Iordan, Ak-kiya, Kurgancha, Oqsu, Ko‘kkul, Sholang, Dashloq, Dutoba aholi punktlari.

Surxondaryo viloyatining hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq kengashlari, temir yo‘l bekatlari, tayyoragohlar va ma'muriy-hududiy bo‘linmalari ro‘yxati

Muzrobod tumani – Qorakamar, Boldir, Navbahor, Obodon, Sho‘rob, Beshqo‘tan, Xalqobod, Muzrobod, Guliston qishloq kengashlari, Boldir temir yul bekati hududlari;

Sherobod tumani – Zarabog‘, Yangiturmush qishloq kengashlari hududlari;

Termiz tumani – Termiz shahri, Uchqzil shaharchasi, Termiz tayyoragohi, Sherobod, Termiz, Uchqizil, Noushahar, G‘alaba, Amuzang temir yo‘l bekatlari, Pattakesar, Paxtaobod, Yangiariq, Xotinrobot qishloq kengashlari hududlari;

Angor tumani – Angor shaharchasi, Do‘stlik, Navoiy, Kayram, Zang, Istiqlol, Yangiobod, Tallimaron – qishloq kengashlari hududlari;

Sariosiyo tumani – Xufar, Sufiyon, Sariosiyo, O‘zbekiston, Tochiyon, Dashnobod, Bo‘ston, Navro‘z qishloq kengashlari hududlari;

Uzun tumani – Telpakchinor, Joncheka, Oqostona, Fayzova, Bobotog‘, Xondiza, Uzun qishloq kengashlari hududlari;

Denov tumani – Goszemzapas hududi;

Sho‘rchi tumani – Sohibkor qishloq kengashi hududi;

Qumqo‘rg‘on tumani – Oqqapchig‘ay qishloq kengashi hududi;

Jarqo‘rg‘on tumani – Jarqo‘rg‘on qishloq kengashi hududi.

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani hududida chegara zonasi o‘rnatilgan tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovullarining qo‘shimcha ro‘yxati

Aholi yashash joylari: Tamsho‘sh, Tamarxut, Xamidarcha, Kishtut, Saripova, Angariqozi, Kunko‘rmas, Mush, Shotrut, Xovat, Xurvatan, Zambog‘, Mizat, Suxtay qishloq o‘tkazish joyi, Debolo vayronalari, Novide vayronalari, Bugrs vayronalari, Maydonqozi vayronalari, yozgi Dahani – Duoba, Pitibarak, Guziak, Karsak, Nigobad vayronalari, Ustoch, Zinchob, Zevar, Kundadjuvoz, Chosh, Pastikalon, Xo‘jaosmin, Maland, Karsh, Vochax, Zog‘xona, Hardurin, Guliob, Tangiziroba, Boyqishloq, Sarimazor, Gornyy, Zaxnobod, Xamrau, Issqchashma, Labiob, Bog‘i – Samarqand, Dorasoy.

Top