16:23 / 04.09.2020
1828
Chet el fuqarolariga taalluqli 30ga yaqin hujjat bitta qonunga birlashtirilmoqda - IIV

Endilikda chet el fuqarolari O‘zbekistonda qaysi harakatlarni amalga oshirish mumkin, qaysilari mumkin emasligini yagona qonundan bilib olishi mumkin bo‘ladi, deb ma'lum qildi Tashqi ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Burxon Aliqulov.

3 sentabr kuni AOKAdagi matbuot anjumanida «O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi haqida ma'lumot berildi.

«Avval ham bu sohada 30ga yaqin qonunosti hujjatlari mavjud edi. Endi esa bularning hammasi yaxlit qonun shakliga keltirilmoqda. Chet el fuqarosi qaysidir davlatga bormoqchi bo‘lsa ham, u yerga sarmoya kiritmoqchi bo‘lsa ham o‘zining qonun tomondan qanchalik himoyalanganini bilishni istaydi. Bu qonun tasdiqlangach, chet el fuqarolari yurtimizda qaysi harakatlarni amalga oshirish mumkin ekanini, qaysilari mumkin emasligini yagona hujjatdan bilib olishi mumkin bo‘ladi», – dedi IIV boshqarma boshlig‘i Burxon Aliqulov.

Shuningdek, anjumanda chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan normalar buziladigan holatlarda javobgarlikka tortish tartibi haqida ham so‘z bordi.

Oliy sud sudyasi Sanobar Mamadaliyevaga ko‘ra, jinoyat yoki shu kabi huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar to‘planadi hamda prokuror iltimosnomasiga binoan sudga shu shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llash haqida ajrim chiqarish yuzasidan murojaat qilinadi. Agar sud bu iltimosnomani qanoatlantirsa, tegishli tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabarnoma yuboriladi.

Top