10:00 / 04.09.2020
25644
Jizzaxda yuk avtomobillari to‘qnashdi, yo‘lovchilardan biri vafot etdi

YTH yuzasidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 3 sentabr kuni soat 18:30larda, Jizzax viloyati Jizzax shahar hududidan o‘tuvchi 4R38 “Uchtepa-Jizzax-Baxmalsoy” avtomobil yo‘lining 31-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1991 yilda tug‘ilgan E.H. Foton rusumli yuk avtomobilini boshqarib ketayotib, shu yo‘nalishda, o‘zidan oldinda, yo‘l chetida to‘xtab turgan haydovchi, 1954 yilda tug‘ilgan Sh.P. boshqaruvidagi “Kamaz-53212” rusumli yuk avtomobilining tirkamasiga urilib, YTH sodir etgan.

Natijada, Foton rusumli yuk avtomobili yo‘lovchisi, 33 yoshli J.I. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan. Ushbu yuk avtomobili yo‘lovchisi, 30 yoshli K.I. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jizzax shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan tezlik me'yoriga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya etgan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top