15:35 / 04.09.2020
7880
Kiyev Minskning nodo‘stona harakatlariga nisbatan keskin javob qaytarilishini bildirdi

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Polsha, Chexiya, Litva va Ukraina mamlakatning ichki ishlariga aralashayotganini aytgandi.

Dmitriy Kuleba / Foto: Zuma / TASS

Ukraina Belarus hukumatining nodo‘stona harakatlariga nisbatan keskin javob qaytaradi, dedi Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba.

 "Keskin javob qaytaramiz deganimda, Belarusning keskin harakatlariga nisbatan javob qaytarilishini nazarda tutdim, so‘zlariga emas", - dedi u.

Kulebaning ta'kidlashicha, Kiyev Ukrainaning Belarus ichki ishlariga aralashganligi to‘g‘risidagi barcha ayblovlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaydi.

 Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning ichki ishlariga aralashayotgan va norozilik namoyishlarini boshqarayotgan davlatlarni sanab o‘tgandi.

 "Bu Polsha, Chexiya, Litva va Ukraina tomonidan sodir etilmoqda, bu bizni yanada hushyor torttiradi", - degandi Lukashenko.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top