20:26 / 04.09.2020
28934
Magistraturaga kirish imtihonlari qachon va qayerda bo‘lishi e'lon qilindi

Magistraturaga kirish imtihonlarida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar bugundan boshlab ruxsatnomalarini yuklab olishlari mumkin, deya xabar qildi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi.

Ruxsatnoma magistr.edu.uz va ruxsatnoma.edu.uz manzillari orqali yuklab olinadi.

Buning uchun pasport seriyasi va raqami hamda tug‘ilgan sanasi kiritilishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, magistraturaga kirish imtihonlari 8-20 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Imtihonlar belgilangan hududlarda, test sinovi tarzida kompyuterda onlayn olinadi.

Bu yil respublika OTMlari magistraturasiga jami 10 425 nafar talaba qabul qilinishi belgilangan. Shundan 5475 nafari grant, 4950 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladi.

Top