11:36 / 04.09.2020
8876
Reklama

Mo‘jiza sari 10 bosqich: uchinchi bosqich - his-tuyg‘ular mo‘jizasi

Haqiqiy tuyg‘ularni soxtalashtirish mumkin emas, to‘g‘rimi? Quvonch ko‘z yoshlari, zavq, yuzingizdagi samimiy tabassum, qalbingizdagi yoqimli hayajon — agar siz iste'dodli aktyor bo‘lmasangiz, bunday tuyg‘ularni ifodalab berish amrimahol. Barchamiz har bir kunimiz ijobiy his-tuyg‘ularga to‘la bo‘lishini xohlaymiz, chunki ularsiz bizning hayotimiz tasavvurga ham sig‘maydi.

Tuyg‘ular misli ovqat uchun ziravorlar kabidir, ahir ular nafaqat foydali, balki taomga unutilmas maza ham baxsh etadi. His-tuyg‘ular bizning kundalik hayotimizni va har qanday vaziyatlarni mo‘jizaviy ravishda jonlantirib, ularga yorqinlik bag‘ishlaydi. Biz o‘zimizning ichki kuchga to‘la ekanligimizni his qilamiz, odamlarda va atrofimizda faqat eng yaxshi narsalarni seza boshlaymiz. Bu mo‘jiza emasmi? Albatta, ha! Bu hissiyotlar mo‘jizasidir!

The Magic jamoasi qanday qilib hayotingizni unutilmas taassurotlar, quvonch va zavq bilan boyitishni aniq biladi. Bunday mo‘jizaviy tuyg‘ularni hech qachon unutmaysiz.

Shunday qilib, biz sizga bir sirni oshkor qilamiz, Magic City oilaviy-ko‘ngilochar hududida, Magic City sayilgohi uchun mo‘ljallangan, yirik musiqiy favvora barpo etilmoqda. Favvora suvi 60 metr balandlikkacha ko‘tarila oladi. Ulkan suv ekrani proyektor, lazer shousi va ajoyib lotus naqshlarini o‘z ichiga oladi.

Bir necha soniya ichida butun suv yuzasi tuman bilan qoplanadi va favvoraning oqimlari 6 metr balandlikka ko‘tarilib, ajoyib olov bilan yonadi — bularning barchasi havodagi yengil suv raqsiga aylanib, musiqiy akkompaniment bilan uyg‘un tarzda sinxronlashtirilib, sizni hayratlantiradi.

Favvora shou dasturining eng muhim bezagi — bu suvda va uning atrofida kostyumlashtirilgan tomosha bo‘lib o‘tishidir. Ertak qahramonlari qal'adan chiqib, o‘zlarining barcha shon-shuhratlari bilan va har qanday mo‘jizaviy ishlar bo‘lib o‘tadigan mamlakatlari bilan barchani tanishtirishadi.

Shou dasturini favvora atrofida ikkita maydonchadan tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Hech kimni befarq qoldirmaydigan o‘xshashi yo‘q tomosha muxlislarga zavq ulashadi.

Ertak shu bilan tugamaydi! Har hafta oxirida sizni hayajonli salyutlar qarshi oladi. Siz o‘zingiz yoqtirgan qahvaxonaning terassasida o‘tirib, shirinliklardan bahramand bo‘lishingiz, kofe ichishingiz va unutilmas manzarani tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi. Sizga yoqimli hissiyotlar va chiroyli fotosuratlarni kafolatlaymiz.

Magic City — bu haqiqiy his-tuyg‘ular va yoqimli xotiralar baxsh etuvchi, har bir kuningizni mo‘jizali qiluvchi va ko‘zlaringizni quvonchga to‘ldiruvchi hudud.

Hamkorlik va ijaraga olish uchun quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling:
+998 71 202 77 99.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top