14:55 / 04.09.2020
44208

O‘quv yili boshida ayrim fanlar o‘tilmaydi. Vazirlik tegishli tavsiya bilan chiqdi

Xalq ta'limi vazirligi o‘quv yili boshida o‘tilishi vaqtinchalik tavsiya etilmaydigan fanlar ro‘yxatini ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, bunda o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqcha muloqot qilishlarining oldini olish maqsad qilingan.

Ushbu fanlar: 

  • jismoniy tarbiya; 
  • chaqiriqqa qadar boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik;  
  • musiqa madaniyati; 
  • tasviriy san'at va chizmachilik; 
  • texnologiya; 
  • tarbiya fanlari.

Ushbu fanlar masofaviy ta'lim shaklidagi televizion darslar orqali o‘zlashtirib boriladi. 

Ta'kidlanishicha, mazkur fanlardan dars berayotgan o‘qituvchilarning oylik ish haqi to‘liq saqlab qolinadi va ular maktabdagi o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarga jalb etiladi.

Avvalroq, pandemiya sharoitiga moslashtirilgan namunaviy dars jadvali ishlab chiqilgani xabar berilgandi. 

Top