19:37 / 04.09.2020
3065

Pandemiya sababli yopilgan Hilton Times Square mehmonxonasi qachon ochilishi noma'lum ekanligini bildirdi

Mehmonxona 478ta nomerga ega bo‘lib, mehmonlar uchun mart oyida yopilgandi. O‘shanda mehmonxona xodimlari haq to‘lanmaydigan mehnat ta'tiliga chiqarilgandi.

Manxettendagi Hilton Times Square mehmonxonasi koronavirus pandemiyasi sababli noma'lum muddatga yopilmoqda. Mehmonxonani nazorat qiluvchi Sunstone Hotel Investors Inc kompaniyasining ma'lum qilishicha, otel "doimiy asosda" yopiladi va oktyabrda 200 nafar xodim ishdan bo‘shatiladi.

 Sunstone ishdan bo‘shatishlar bilan bog‘liq vaziyat olti oydan uzoqroqqa cho‘zilishi mumkinligini bildirgan. 

 "Mehmonxona ochilishining aniq muddati belgilanmagan va tasdiqlanmagan hamda bu kreditor bilan muzokaralar va bozor sharoitlariga bog‘liq", - degan kompaniya vakili.

 Mehmonxona 478ta nomerga ega bo‘lib, mehmonlar uchun mart oyida yopilgandi. O‘shanda mehmonxona xodimlari haq to‘lanmaydigan mehnat ta'tiliga chiqarilgandi.

 Uning yopilishi koronavirus pandemiyasi Nyu-York turizm sanoati uchun qanchalik salbiy oqibatlar keltirib chiqarganligining yana bir belgisidir, deb yozadi WSJ. Ko‘plab mehmonxonalar vaqtinchalik yopilgan va xodimlarini haq to‘lanmaydigan ta'tilga chiqargan. Hilton Times Square faoliyatini yaqin kelajakda boshlamasligini ma'lum qilgan dastlabki mehmonxonalardan biri bo‘ldi.

Top