08:16 / 04.09.2020
3065
SpaceX navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi

AQShning SpaceX kompaniyasi Starlink internet tarmog‘ini shakllantirish uchun mo‘ljallangan navbatdagi 60 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqardi.

Ma'lum qilinishicha, sun'iy yo‘ldoshlar orbitaga Falcon 9 raketasi yordamida  chiqarilgan. Parvoz Floridadagi kosmodromdan 3 sentabr mahalliy vaqt bilan soat 8:46da amalga oshirilgan. Parvoz startidan 9 daqiqa o‘tib raketaning birinchi pog‘onasi Atlantika okeanidagi platformaga qo‘ngan.

Har birining og‘irligi 260 kg bo‘lgan sun'iy yo‘ldoshlar muayyan balandlikka chiqarilgach, o‘z dvigatellari yordamida 550 kmgacha orbitaga ko‘tarilgan.

Starlink tarmog‘i sayyoradagi barcha odamlarni tezkor va sifatli internet bilan ta'minlashga qaratilgan. Amalga oshirilgan parvoz tarmoqni shakllantirish doirasidagi 12-parvoz bo‘ldi. Avvalgi parvoz 18 avgustda amalga oshirilgan va uning doirasida orbitaga 58 ta sun'iy yo‘ldosh chiqarilgan. Hozirda orbitadagi sun'iy yo‘ldoshlar soni 653 ta yetgan. Ushbu loyihani amalga oshirishga yo‘naltiriladigan investitsiyalar umumiy qiymati 10 mlrd dollarga baholanadi. 

Top