15:29 / 04.09.2020
37809

Toshkentda Lacetti’ni tegishli hujjatlarsiz boshqargan 18 yoshli yigit ona-bolaning umriga zomin bo‘ldi

YTH fakti asosida Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Foto: IIBB axborot xizmati

2020 yil 4 sentabr kuni taxminan soat 11:00da Shayxontohur tumani Shofayz ko‘chasida boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqarib borgan 18 yoshli Bekzod Yu. ikki nafar piyodalarni urib yuborgan.

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi harakat yo‘liga o‘tib 51 yoshli Ma'rufjon K. boshqaruvidagi Spark rusumli avtomobilga borib urilgan.

YTH natijasida piyodalar – 22 yoshli N.M. va uning ikki yoshli qizi N.K. badan shikastlaridan voqea joyida hayotdan ko‘z yumgan. Avtomobil haydovchilari shifoxonaga yetkazilgan.

YTH fakti asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top