10:34 / 04.09.2020
9760

Twitter Trampni ogohlantirdi

Twitter AQSh prezidenti Donald Trampning noyabrda o‘tadigan saylovlarda pochta orqali ovoz berilishi bo‘yicha ikkita xabariga ogohlantirish berdi. Ijtimoiy tarmoq xavfsizlik xizmatida bu xabarlar Twitter qoidalariga zid deb topilgan.

Ta'kidlanishicha, ogohlantirish “fuqarolik birdamligi siyosati buzilishi, aynan esa odamlarni ikki marta saylashga chorlash” uchun berilgan. Shu bilan birga Trampning tvitlari qoldirilgan, biroq ularga layk qo‘yib yoki retvit qilib bo‘lmaydi. 

Ijtimoiy tarmoqning bunday munosabatiga Trampning 3 sentyabrdagi ikkita tviti sabab bo‘lgan. AQSh prezidenti pochta orqali ovoz beruvchi saylovchilarni tezroq o‘z saylov byulletenlarini pochta orqali jo‘natishga, saylov kuni esa saylov uchastkasiga kelib, o‘z ovozlari hisobga olinganini tekshirib ko‘rishga chaqirgan. Agar saylov uchastkasida ularning ovozi hisobga olinmagani aniqlansa, unda Tramp u yerda qayta ovoz berishga chaqirgan.

May oyida ijtimoiy tarmoq Trampning xabarini birinchi marta haqiqatga mos emas deb belgilagandi. Iyulda esa AQSh prezidentining koronavirusdan dori borligi haqidagi xabari o‘chirib tashlangan.

Mavzuga oid
Top