00:23 / 05.09.2020
3869
«Chelsi» Havers transferini e'lon qildi

«Chelsi» «Bayyer» yarimhimoyachisi Kay Haversning transferini e'lon qildi.

Klub matbuot xizmati ushbu germaniyalik yosh futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgani haqida xabar berdi.

Avvalroq OAVda londonliklar klubi 21 yoshli Havers transferi uchun 70 mln yevro to‘lashi haqida aytilgandi. Shuningdek, qo‘shimcha bonuslar ko‘zda tutilgan.

Kay Havers 2016 yildan buyon «Bayyer» safida to‘p surib kelayotgandi. Germaniya olimpiya jamoasi sardori bo‘lgan Havers 2018 yildan Germaniya milliy jamoasiga chaqirila boshlangan.

U yakunlangan mavsumda «Bayyer» safida barcha turnirlar doirasida 45 o‘yinida maydonga tushib, 18 gol urgan va 9 golga uzatma bergan.

  • Qayd etish joizki, «Chelsi» yozgi transferlarda eng faol klub bo‘ldi. Londonliklar bungacha «Ayaks»dan Hakim Ziyosh (40 mln. yevro), «Leypsig»dan Timo Verner (53 mln. yevro), «Lester»dan Ben Chiluell (50,2 mln. yevro), «PSJ»dan Tiago Silva (erkin agent) va «Nitssa»dan Malang Sarrni (erkin agent) o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Top