23:56 / 05.09.2020
9121

Sherzod Shermatov: Sirdaryoda ta'mirlash va qurilish ishlari uchun 54 mlrd so‘m ajratilgan

Foto: KUN.UZ

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovga ko‘ra, Sardoba suv ombori o‘pirilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatida hududda 16 ta umumta'lim maktablari talafot ko‘rgan. Bu maktablarda jami 4251 nafar o‘quvchi o‘qiydi, 615 nafar ishchi xodimlar faoliyat yuritadi. 

“Hozirgi kunda 15 ta umumta'lim maktablarida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. 1 ta maktabga qo‘shimcha bino va bundan tashqari yana 1 ta yangi maktab binosi qurib berilmoqda.

Ushbu hududlardagi 17, 28 va 1- sonli umumta'lim maktablarini ta'mirlash ishlari 14 sentyabrga qadar tugatilmay qolishi ehtimoli bor. Bunday holatda o‘quvchilar kasb-hunar kolleji binosida o‘qishni boshlashadi.

O‘quvchilarning yangi o‘quv yilini o‘z vaqtida boshlashlari uchun qolgan maktablarda ishlar tezlashtirilgan holda olib borilmoqda va 2020 yilning 10 sentyabriga qadar topshirilishi rejalashtirilgan”, - deya videokonferens aloqa orqali Senatning Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan sayyor yig‘ilishida qatnashgan xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Sardobada suv toshqini
1 may kuni tongda Sirdaryo viloyatidagi «Sardoba» suv ombori dambasi devori buzilib, suv toshib chiqdi.
Barchasi
Top