22:09 / 05.09.2020
4199

Sirdaryo viloyatida 106,68 mlrd bojxona to‘lovlari undirildi

1 sentabr holatiga viloyatdagi «Guliston», «Sayxun» va «Xovos» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari tomonidan 9551 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilgan.

Foto: KUN.UZ

Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, 2020 yilning o‘tgan 8 oyi mobaynida yuklarni bojxona postlari orqali tezkorlik bilan o‘tkazish, ularning uzluksiz bojxona rasmiylashtiruvini, shuningdek, eksport va import qilinayotgan tovarlarga ruxsat beruvchi hujjatlarning berilishini tezlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining hisoboti e'lon qilindi.

Import bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar hajmi 215,5 mln AQSh dollarini hamda eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar hajmi 93,9 mln AQSh dollarini tashkil etdi.

Eksport tovarlarining asosiy qismi: meva va sabzavotlar, paxta tolasi, oziq-ovqat mahsulotlari, to‘qimachilik mahsulotlari, jun, mo‘yna, teri va ulardan yasalgan buyumlar, kalava ip, farmatsevtika mahsulotlari, hayvonlar uchun ozuqalar va sopol-keramika buyumlaridan iborat.

Viloyatdan jami 21 ta xorijiy davlatlarga eksport qilingan bo‘lib, tovarlarning katta ulushi Qozog‘iston, Afg‘oniston, Rossiya, Xitoy, Bangladesh va Ukraina davlatlariga hissasiga to‘g‘ri keladi.

2020 yilning 1 sentabr kuniga qadar 106,68 mlrd bojxona to‘lovlari undirilgan bo‘lib, import qilingan tovarlarga qonunchilikda belgilangan stavkalar asosida jami 420,57 mlrd so‘m miqdorida bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar qo‘llanilgan.

Top