21:04 / 06.09.2020
7161

AQSh Oyda atom reaktori qurishni rejalashtirmoqda   

AQShning NASA koinot agentligi va energetika vazirligi Oyda atom reaktor qurmoqchiligini e'lon qildi. 

Foto: iStock

Sentabr oxiri yoki oktabr boshida bu boradagi loyihalar bo‘yicha tanlov e'lon qilinadi. Oyda reaktor quradigan kompaniya 2021 yil boshida tanlab olinadi. 

G‘olib loyiha mualliflari oldiga 2027 yilgacha Oyda atom reaktori qurish vazifasi qo‘yiladi. Bu reaktor Oyda, ayniqsa quyosh batareyalarini qo‘llash imkonsiz bo‘lgan ikki hafta davom etuvchi tun vaqtida odamlar yashaydigan modullar va qurilmalarni energiya bilan ta'minlashi lozim. Bunday model keyinchalik Marsni o‘zlashtirishda qo‘llanadi. 

Dastlabki bosqichda Oydagi atom reaktor 10 kVt energiya ishlab chiqaradi.

 

Top