22:12 / 06.09.2020
63512

Dunyodagi eng qimmat reza meva - golubika haqida bilasizmi? Uni siz ham yetishtirishingiz mumkin

Inson salomatligi uchun foydali va iqtisodiy jihatdan yuqori samarali o‘simliklar haqidagi ma'lumotlarni o‘quvchilar e'tiboriga havola etib kelayotgan Kun.uz bu safar qimmatbaho reza meva – golubika haqida ma'lumotlarga to‘xtaladi.

Bugungi kunda golubika dunyo bozoridagi eng qimmat rezavor hisoblanadi. Shu tufayli uni yetishtirish hajmini oshirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga faqat foyda olib keladi. 

Bu borada mutaxassislar uni boshqa davlatlarga eksport qilishda uzun transport yo‘llari va qimmat logistika O‘zbekistonga xalaqit bera olmasligini aytishadi.

Shuningdek, golubikani Osiyo bozorlari: Xitoy, Gonkong, Singapur, Malayziya, Vetnamga eksport qilish ayniqsa manfaatli.

Siz yuqoridagi videoni tomosha qilish orqali golubikaning inson uchun foydali xususiyatlari va uni yetishtirish orqali olinadigan juda yuqori daromad borasida ma'lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Top