07:45 / 06.09.2020
26460
Koronavirus: So‘nggi bir kunda 300ga yaqin yangi holat aniqlandi, 400dan ortiq bemor tuzaldi

O‘zbekistonda 5 sentabr kuni 295ta yangi holat qayd etildi, 448 nafar bemor tuzaldi, 4 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 5 sentabr kuni mamlakatimizda 295 holatda kasallik qayd etildi. Bugun yurtimizda sog‘ayganlar soni koronavirus qayd etilganlar sonidan ko‘proq bo‘ldi», deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Yangi holatlar (+295)
Respublikaning 8 hududida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 295 holat qayd etildi va shu vaqtgacha qayd etilgan jami holatlar soni 43 ming 370taga yetdi.

  • Toshkent shahrida 170 holat;
  • Toshkent viloyatida 91 holat;
  • Samarqand viloyatida 13 holat;
  • Andijon viloyatida 7 holat;
  • Namangan viloyatida 7 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 3 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 3 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 1 holat.

Tuzalganlar (+448)
Respublikaning 7 hududida 450ga yaqin bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 40 ming 880 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 324 nafar;
  • Toshkent viloyatida 95 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 10 nafar;
  • Samarqand viloyatida 8 nafar;
  • Namangan viloyatida 7 nafar;
  • Andijon viloyatida 3 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 1 nafar bemor tuzaldi.

O‘lim holatlari (+4)
Kun davomida Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va shu vaqtgacha SSVning rasmiy statistikasida qayd etilgan o‘lim holatlari soni 343taga yetdi.

  • Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli X.S. (erkak);
  • Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli L.Sh. (ayol);
  • Uchtepa tumanida yashagan 64 yoshli A.K. (erkak);
  • Zangiota tumanida yashagan 54 yoshli F.U. (ayol) vafot etdi.

 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2 147 nafar bemor davolanmoqda, shundan 366 nafari og‘ir, 198 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top