10:50 / 07.09.2020
19616
6 oy tanaffusdan so‘ng bugun 329ta maktab o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi

Yangi, 2020/2021 o‘quv yili rasman joriy yilning 14 sentabr kunidan boshlanadi. 

O‘zbekistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, 16 martdan boshlab, an'anaviy ta'lim jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilib, bolalar uy sharoitida onlayn tahsil olishni boshlagan edi.

Xalq ta'limi vazirligi xabariga ko‘ra, bugun, 6 oy deganda, 7 sentabr kuni 329 maktab o‘quv dargohini sog‘ingan o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi.

Sanitariya xizmati markazlari 5 sentyabrga qadar maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganib, jamoaga qo‘shimcha o‘quv-treninglar o‘tkazdi, bunday treninglar hozirgi kunda ham davom etmoqda. 

Maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Yangi, 2020/2021 o‘quv yili rasman joriy yilning 14 sentabr kunidan boshlanadi. 

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada 5 million 500 ming nafar ota-onadan 76 foizi ta'lim jarayonini maktabga qatnagan holda, ya'ni an'anaviy shaklda olib borish tarafdori bo‘lgan, 24 foizi esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni ma'qul ko‘rishgan.

Top