12:04 / 07.09.2020
36461
Hafta davomida kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma'lumot berildi

Kecha mamlakat aholisi kuz kirib kelganini his qildi – O‘zbekistonga Volgabo‘yi hududidan salqin havo oqimi kirdi va kunduzgi harorat 4-6 darajaga pasayib, 26-28 daraja issiqni tashkil qildi. 

Foto : KUN.UZ

Bugun kechasi va ertalab sovuq antitsiklonning ta'siri sezildi – kechasi havo harorati pasayib 10-13 daraja bo‘ldi, kunduzi 25-30 darajagacha isiydi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ikki kun davomida respublika hududi antitsiklon ta'sirida bo‘ladi, haftaning ikkinchi yarmidagina havo isiy boshlaydi. 

Kechasi harorat 12-17 daraja, 8-9 sentyabrda kunduzi 25-30 daraja, 10-12 sentyabrda 27-32 darajani tashkil qiladi. 

Qayd etilishicha, bunday haroratlar oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me'yordan 3-6 darajaga pastdir.

Top