14:20 / 07.09.2020
5117
Hindiston COVID-19ga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi

Kasallik yuqtirish holatlari soni o‘sishiga qaramasdan, mamlakat hukumati iqtisodiyotni qutqarish maqsadida ilgari kiritilgan cheklovlarni bekor qilishda davom etmoqda.

Foto: Reuters

Hindistonda koronavirus yuqtirganlar soni 4,2 mln kishiga yetdi, deb xabar berdi AR agentligi.

 Mamlakatda bir sutkada 90 802 kishida kasallik aniqlangan bo‘lib, COVID-19ga chalinganlar soni bo‘yicha Hindiston dunyoda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan.

Kasallik yuqtirishlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda turibdi - 6,46 mln holat. Braziliya 4,14 mln holat bilan uchinchi o‘ringa tushgan.

Hindiston sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi sutkada 1016 bemor vafot etgan, jami vafot etganlar soni 71 687 nafarga yetgan.

Kasallik yuqtirish holatlari soni o‘sishiga qaramasdan, mamlakat hukumati iqtisodiyotni qutqarish maqsadida ilgari kiritilgan cheklovlarni bekor qilishda davom etmoqda. Xususan, 7 sentyabrdan besh oylik tanaffusdan so‘ng Dehlida  metro faoliyati tiklandi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top