14:47 / 07.09.2020
10544
Minskda noma'lum shaxslar muxolifatchi Mariya Kolesnikovani o‘g‘irlab ketishdi – OAV

 Avvalroq Belarusda muxolifatning muvofiqlashtirish kengashi tuzilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 

Foto: TASS

 Minsk markazida Belarus muxolifati muvofiqlashtirish kengashi prezidiumi raisi Mariya Kolesnikova yo‘qolib qoldi, deb xabar berdi TUT.BY portali voqea guvohining so‘zlariga tayanib.

 Guvohning aytishicha, soat 10larda milliy badiiy muzey yaqinida niqobli shaxslar Kolesnikovani ushlab mikroavtobusga o‘tqizishgan va noma'lum tomonga olib ketishgan.

 Kolesnikovaning telefoni yoniq, lekin u qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti, deb qayd etmoqda TUT.BY.

Muvofiqlashtirish kengashi matbuot kotibi Rodnenkovning so‘zlariga ko‘ra, Kolesnikova shahar markaziga ish bilan borgan. Soat 11dan so‘ng Rodnenkovning ham telefoni o‘chgan.

"Mariya va Anton qayerdaligini bilmayman va ular bilan bog‘lana olmayapman”, — degan muvofiqlashtirish kengashi prezidiumi a'zosi Maksim Znak.

Avvalroq Belarusda muxolifatning muvofilashtirish kengashi tuzilishi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi. 

 Yakshanba kuni kengashning yana bir a'zosi Andrey Yegorov qo‘lga olingan.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top