08:21 / 07.09.2020
4578

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimcha kiritish taklifi bilan chiqdi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilmagan, belgilangan tartibda sinovdan o‘tmagan texnikalarni yetkazib berish va foydalanish mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. 

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 139-moddasi (Nosoz transport vositalarini yo‘lga chiqarish va transport vositalaridan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish) uchinchi qism bilan to‘ldirilishi mumkin.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilmagan, belgilangan tartibda sinovdan o‘tmagan texnikalarni yetkazib berish va foydalanish, bundan 2021 yil 1 yanvarga qadar ishlab chiqarilgan va import qilingan texnikalar mustasno - mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtiradi;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta'minlaydi;

Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta'minlaydi.

Top