21:35 / 07.09.2020
4399
Qo‘qondagi Qiyalisoyda tozalash ishlari boshlandi

Farg‘ona | Kun.uz kanalida «Qiyalisoyda vaziyat jiddiy» sarlavhali post qo‘yilgandi. Unda Qo‘qon shahridan o‘tuvchi Qiyalisoyda mutassadilar tomonidan mexanik tozalash ishlari olib borilmagani, chiqindi tashlanishi oqibatida soy sayozlashib ketayotgani va qarovsiz holga kelib qolgani haqida yozilgandi.

Ma'lum bo‘lishicha, viloyat So‘x-Oqtepa Irrigatsiya boshqarmasi, Obodonlashtirish boshqarmasi va boshqa hamkor tashkilotlar birgalikda Qiyalisoyda mexanik tozalash va obodonlashtirish ishlarini boshlab yuborgan.

Soy qirg‘oqlaridagi daraxtlarning keraksiz shox-shabbalari kesilib, texnikalar ishlashi uchun sharoit yaratilgan. 

Mutassadilarning aytishicha, Qiyalisoyning Qo‘qon shahridan o‘tgan qismida to‘liq mexanik tozalash ishlari olib boriladi.

Top