08:05 / 07.09.2020
23412
Samarqandda abituriyentlarga yashirin aloqa vositalarini sotayotgan shaxs aniqlandi

Ichki kiyimlarga o‘rnatiladigan aloqa vositalarini 100-200 AQSh dollaridan sotayotgan shaxs aniqlandi.

Joriy yilning 5 sentabr kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv hamkorligi hamda Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir davomida abituriyentlar test sinovlari jarayonida foydalanishi uchun qo‘lbola usulda maxsus yasalib, ichki kiyimlarga o‘rnatiladigan aloqa vositalarini 100-200 AQSh dollaridan sotayotgan 29 yoshli U. ismli shaxs aniqlandi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi abituriyentlarni test sinovlarida foydalanish taqiqlangan buyumlarni o‘zlari bilan imtihonga olib kirmasliklari bo‘yicha ogohlikka chaqirgan.

Top