13:12 / 07.09.2020
8018
TIV o‘zbekistonliklarning xorijiy davlatlarga kirishi uchun asosiy talablarni e'lon qildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi o‘zbekistonliklarning xorijiy davlatlarga, shu jumladan o‘qish maqsadida kirishi uchun qo‘yiladigan asosiy talablarni e'lon qildi.

Tashqi ishlar vazirligi 2 sentabr holatiga ko‘ra sanitariya-epidemiologiya talablari mavjud bo‘lgan 49ta mamlakatdan iborat ro‘yxatni taqdim etdi. Mamlakatdan chiqib ketishni istaganlar O‘zbekiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam aviaparvozlar bor yoki yo‘qligini ham tekshirishlari mumkin

O‘zbekistondan chiqib ketishdan oldin boradigan mamlakatga kirish talablarini diplomatik vakolatxonalar orqali batafsil aniqlashtirish va boradigan mamlakatga kirish huquqini beradigan asoslar mavjudligiga ishonch hosil qilish tavsiya etilgan.

O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlarga ta'lim olish maqsadida kirishiga qo‘yiladigan asosiy talablar ro‘yxati.

O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlarga kirishiga qo‘yiladigan asosiy talablar ro‘yxati.

Top