19:20 / 07.09.2020
5608
YeOIK kengashi O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi–davlat maqomini berish masalasini ko‘rib chiqdi

May oyida Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekistonning YeOIIda «kuzatuvchi davlat» maqomida ishtirok etish taklifini ma'qullagandi.

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi kengashining yig‘ilishida O‘zbekistonga YeOIIda kuzatuvchi–davlat maqomini berish bo‘yicha qaror loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda YeOIK saytida xabar berildi.

 Xabarda aytilishicha, yakuniy qarorni ittifoq davlatlari rahbarlari qabul qiladi.

 May oyida Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida senatorlar O‘zbekistonning YeOIIda «kuzatuvchi davlat» maqomida ishtirok etish taklifini ma'qullagandi.

 YeOII to‘g‘risidagi shartnomaning 109-moddasiga muvofiq, kuzatuvchi-davlat vakillari taklifga ko‘ra Ittifoq organlari yig‘ilishida qaror qabul qilishda qatnashish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.

Top